17 mar 09:10
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uzbek Tigers" - "China Dragons". Bugun vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tadi
Ertaga Butunjahon boks seriyasi (WBS) doirasida "Uzbek Tigers" bokschilari xitoylik raqiblari bilan to'qnash keladilar.
Rejaga binoan bugun bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi tashkil etiladi. SHuningdek, jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani ham bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, ertangi janglarda quyidagi bokschilar "Uzbek Tigers" sharafini himoya qiladilar:
- 52 kg: Abrorjon Qodirov
- 60 kg: Murodjon Ahmadaliev
- 69 kg: SHahram G'iyosov
- 81 kg: Bektemir Meliqo'ziev
+ 91 kg: Bahodir Jalolov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar