16 mar 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uzbek Tigers" - "China Dragons". Jangga ikki kun qoldi: Ertaga vazn o'lchash marosimi
18 mart kuni Butunjahon boks seriyasi doirasida "Uzbek Tigers" bokschilari xitoylik raqiblariga qarshi jang qiladilar.
Ushbu to'qnashuvga ikki kun vaqt qoldi. Janglar "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi. O'sha kuni quyidagi bokschilar yurtimiz jamoasi sharafini himoya qiladilar:
- 52 kg: Abrorjon Qodirov
- 60 kg: Murodjon Ahmadaliev
- 69 kg: SHahram G'iyosov
- 81 kg: Bektemir Meliqo'ziev
+ 91 kg: Bahodir Jalolov
Eslatib o'tamiz, Xitoyda bo'lib o'tgan jangda vakillarimiz 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandilar. 18 mart kungi janglarda esa sportchilarimizda revansh olish uchun ajoyib imkoniyat bor. Ushbu janglarda o'zbek o'g'lonlarini qo'llab-quvvatlang!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar