24 apr 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uzbek Tigers" chorak finalda kuchli raqibga qarshi jang qiladi!
Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning pley-of bosqichiga chiqqan jamoamizning chorak finaldagi raqibi malum bo'ldi.
O'tgan mavsumda bronza medallarini qo'lga kiritgan bokschilarimiz navbatdagi bosqichga chiqish uchun o'tgan mavsumda oltin medallarni qo'lga kiritgan Kubaning "Cuba Domadores" jamoasiga qarshi to'qnash keladi.
Janglar 13 va 19 may kunlari bo'lib o'tadi.
CHorak finaldagi qolgan juftliklar:
"France Fighting Roosters" - "British Lionhearts"
"Patriot Boxing Team" - "Astana Arlans Kazakhstan"
"Italia Thunder" - "Colombia Heroicos"
Eslatib o'tamiz, jamoalar o'tgan yili yarim finalda o'zaro to'qnash kelgandilar va yakunda kubalik bokschilar finalga yo'l olgandilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar