13 may 22:15
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/12520_220.jpg)
"Uzbek Tigers" - "Cuba Domadores" 3:2. Bokschilarimiz amaldagi chempionlarni mag'lub etdilar
Bugun WSB ettinchi mavsumi chorak final doirasida "Uzbek Tigers" bokschilari Kubaning "Cuba Domadores" jamoasi azolariga qarshi jang o'tkazdilar.
Samarqanddagi "Mo'jiza" amfiteatrida bo'lib o'tgan janglarda vakillarimizning 3 nafari g'alaba qozondi, ikkisi esa imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Ushbu janglarda quyidagi natijalar qayd etildi:
49 kg: Hasanboy Do'smatov - Joxanus Argilagos 3:0
56 kg: Murodjon Ahmadaliev - Xaver Ibanes 2:1
64 kg: Iqboljon Xoldorov - Endi Kruz 0:3
75 kg: Isroil Madrimov - Arlen Lopes 3:0
91 kg: Sanjar Tursunov - Erislandi Savon 0:3
Saytimiz orqali janglardan matnli translyaciya uyushtirildi.
Javob bahslari 19 may kuni Kubada bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar