12 may 08:21
Yangiliklar
Boks/MMA

“Uzbek Tigers” - “Cuba Domadores”: Bugun bokschilar taroziga chiqishadi
Ertaga Samarqand shahridagi “Mo'jiza” amfiteatrida “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon Boks seriyasi (WSB) doirasidagi chorak final bosqichining ilk uchrashuvini o'tkazadi.
Bokschilarimiz amaldagi chempionlar - Kubaning “Cuba Domadores” jamoasiga qarshi ringga ko'tarilishadi. Bugun bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi hamda OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etiladi.
Jamoamiz murabbiylari mazkur bahsga kuchli tarkibni tanlashgan. O'z o'rnida kubaliklar ham yurtimizga asosiy tarkib bilan etib kelishdi.
Juftliklar bilan tanishing:
49 kg: Hasanboy Do'smatov - Joxanus Argilagos
56 kg: Murodjon Ahmadaliev - Xaver Ibanes
64 kg: Iqboljon Xoldorov - Endi Kruz
75 kg: Isroil Madrimov - Arlen Lopes
91 kg: Sanjar Tursunov - Erislandi Savon
Malumot uchun, bu ikki jamoaning javob uchrashuvi 20 may kuni Gavana shahrida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Bu jangdan keyin Kuba ham o'z uyida jang qiladimi Uz Tigers bilan?