11 may 11:40
Yangiliklar
Boks/MMA

“Uzbek Tigers” - “Cuba Domadores”: Juftliklar bilan tanishing
13 may kuni Samarqand shahridagi “Mo'jiza” amfiteatrida “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon Boks seriyasi (WSB) doirasidagi chorak final bosqichining ilk uchrashuvini o'tkazadi.
Bokschilarimiz amaldagi chempionlar - Kubaning “Cuba Domadores” jamoasiga qarshi ringga ko'tarilishadi. Jamoamiz murabbiylari mazkur bahsga kuchli tarkibni tanlashgan. O'z o'rnida kubaliklar ham yurtimizga asosiy tarkib bilan etib kelishdi.
Juftliklar bilan tanishing:
49 kg: Hasanboy Do'smatov - Joxanus Argilagos
56 kg: Murodjon Ahmadaliev - Xaver Ibanes
64 kg: Iqboljon Xoldorov - Endi Kruz
75 kg: Isroil Madrimov - Arlen Lopes
91 kg: Sanjar Tursunov - Erislandi Savon
Eslatib o'tamiz, ertaga bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi hamda OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etiladi. Bu ikki jamoaning javob uchrashuvi 20 may kuni Gavana shahrida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
56 кг: Муроджон Аҳмадалиев - Хавер Ибаньес - 3-0 ғалаба
64 кг: Иқболжон Холдоров - Энди Круз - 2-1 ғалаба
75 кг: Исроил Мадримов - Арлен Лопес - 2-1 ғалаба
91 кг: Санжар Турсунов - Эрисланди Савон 0-3 мағлубият Умумий: 4-1 ғалаба тахмин