31 jan 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA
"Uzbek Tigers" - "Cuba Domadores". Raqib ham juda kuchli tarkib bilan O'zbekistonga keladi
Xabaringiz bor, 27 fevral kuni Termiz shahrida "Uzbek Tigers" jamoasi kubalik raqiblarni mehmon qiladi.
"Cuba Domadores" ushbu jang uchun o'z tarkibini elon qildi. Malum bo'lishicha, raqib ham yurtimizga kuchli tarkib bilan keladi. Mehmonlar safida bir necha marta jahon va Olimpiada chempionligini qo'lga kiritgan bokschilar bor.
Demak, 27 fevral kuni Termizda quyidagi janglar guvohiga aylanishimiz mumkin bo'ladi:
-49kg: Hasanboy Do'smatov - Yoxannis Argilagos
-56kg: SHahobiddin Zoirov - Robeysi Ramires
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Endi Kruz
-75kg: Isroil Madrimov - Arlen Lopes
-91kg: Sanjar Tursunov - Erislandi Savon
Eslatib o'tamiz, Termiz shahri mezbonlik qiladigan ushbu jang soat 19:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar