So’nggi yangiliklar

11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0

05 jan 18:46
Yangiliklar

Boks/MMA

"Uzbek Tigers": Do'smatov jamoa sharafini himoya qiladi, G'oibnazarov va To'laganov tarkibda yo'q

Teglar :  Uzbek TigersBoks
Bir oydan so'ng jahon boks seriyasi (WSB) musobaqalariga start beriladi.

Unda O'zbekiston sharafini himoya qiladigan Uzbek Tigers turnirga tayyorgarlik boshladi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati esa Daryoga Uzbek Tigers tarkibiga kirishi mumkin bo'lgan 30 nafar bokschi nomini taqdim etdi.

Bokschilar 10 ta vazn toifasiga ajratilgan bo'lib, har bir vazn uchun 3 nafardan nomzod tanlab olingan. Ular orasida Rio-2016 Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritgan Fazliddin G'oibnazarov va bronza medali egasi Rustam To'laganov kabi nomlar yo'q. Qayd etish kerak, Rustam To'laganov yaqindagina oila qurgandi.

Ular qatorida Rio-2016 ishtirokchisi bo'lib, yakunda medallarsiz qolgan Elshod Rasulov hamda Xurshid Tojiboev kabi bokschilar ham termaga yordam bermaydi.

CHempionlardan Hasanboy Do'stmatov (-49 kg) va SHahobiddin Zoirov (-56 kg) Uzbek Tigers sharafini himoya qilishga davogarlar safida bor. Rio-2016 medallarini qo'lga kiritgan bokschilardan SHahram G'iyosov (-69 kg), Murodjon Ahmadaliev (-60 kg), Bektemir Meliqo'ziev (-81 kg) kabi sportchilar ham mashg'ulotlarga kirishgan.

Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritganiga qaramay, yakunda terma jamoa safidan tushib qolgan Elnur Abduraimov -64 kilogram vazn bilan ro'yxatga qo'shilgan. Rioda O'zbekiston bayrog'ini ko'tarib chiqqan, biroq yakunda sovrindor bo'la olmagan Bahodir Jalolov ham Uzbek Tigers asosiy tarkibi uchun kurash olib boradi.

Malumot uchun, Uzbek Tigers o'z guruhida Rossiyaning Russian Boxing Team, Qozog'istonning Astana Arlans hamda Xitoyning China Dragons jamoalariga qarshi kurash olib boradi. Birinchi janglar 3 fevral kuni Xitoyda bo'lib o'tadi.

Astana Arlans jamoasi 2013 va 2015 yilgi turnirlarda g'oliblikni qo'lga kiritgandi. 2014 va 2016 yillarda esa chempionlik Kubaning Cuba Domadores’ga nasib qilgan. Uzbek Tigers 2016 yilgi mavsumdan boshlab turnirga qo'shilgan bo'lib, yarim finalga qadar etib borgan va o'sha bosqichda Kuba jamoasidan engilgan. Cuba Domadores g'alabasi bilan yakuniga etgan final o'yinlariga Toshkent shahri mezbonlik qilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
06 jan 18:34:12
MR.Bek
UzTigersga omad 2017-yil chempionlik bizniki.Uztigersga Fazliddin Gaibnazarovni qo'shish kerak edi
   
05 jan 22:54:42
Bek
Кейин нима учун боксчилар вазни ўзгариб қолган. Яъни Бектемир 81, Шахобиддин 56 ва Муроджон 60
   
05 jan 22:42:34
Bek
Таркибда тажрибали Хуршид Тожибоевнинг бўлиши жамоанинг яхши натижани қўлга киритишига ёрдам берар эди. Сабаби Элнур Абдураимовнинг бошқа вазнга ўтиши ва Хуршиднинг таркибга кирмаганлиги жамоада 60 кг вазн тоифасининг кучсизланишига сабаб бўлиши мумкин.
   
05 jan 21:03:44
shahzod xojayli
Olg'a uzbek tigers 2017 yilda champion bolish navbati uzbeklarga keldi!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing