03 jan 16:03
Yangiliklar

"Uzbek Tigers" ishtirok etadigan turnirda qaysi mamlakat bokschilari etakchi?
Bungacha qaysi mamlakat bokschilari ushbu musobaqada bosh sovrinni qo'lga kiritganlar?
O'tgan 6 mavsum g'oliblari ro'yxati bilan tanishing:
2011 - "Parij Yunayted" (Franciya)
2012 - "Dolche Gabbana" (Italiya)
2013 - "Astana Arlans" (Qozog'iston)
2014 - "Kuba Domadores" (Kuba)
2015 - "Astana Arlans" (Qozog'iston)
2016 - "Kuba Domadores" (Kuba)
Ko'rinib turibdiki, WBS musobaqalarida qozog'istonlik va kubalik bokschilar etakchi hisoblanadilar.
Takidlab o'tish lozimki, ushbu musobaqada o'tgan yildan boshlab "Uzbek taygers" jamoasi yurtimiz sharafini himoya qila boshladi. Ilk mavsumda bokschilarimiz yarim finalga etib borgan holda, musobaqaning bo'lajak chempionlari "Kuba Domadores"ga imkoniyatni boy berib qo'ygandilar.
Bu yil fevral oyida boshlanadigan navbatdagi mavsumda "Uzbek Taygers" jamoasi Rossiya, Qozog'iston va Xitoy bokschilari bilan bir guruhdan joy olgan.
Sportchilarimiz ilk janglarini Xitoyning "CHayna Dragons" jamoasiga qarshi o'tkazishadi.
Aziz To'xtamurodov
Fikrlar