05 fev 14:55
Yangiliklar
Boks/MMA

“Uzbek Tigers” jamoasi keyingi bahsni ham safarda o'tkazadi
Kecha safarda Xitoyning “China Dragons” bokschilariga imkoniyatni boy bergan “Uzbek Tigers” jamoasi guruhdagi ikkinchi uchrashuvni ham mehmonda o'tkazadi.
Aniqrog'i, 18 fevral kuniga belgilangan bahsda “O'zbek yo'lbarslari” guruh etakchisi Qozog'istonning “Astana Arlans” jamoasi mehmoni bo'ladi. Qozog'iston va O'zbekiston bokschilari o'rtasidagi janglar Toldiqo'rg'on shahrida o'tkaziladi.
Xabar berganimizdek, kecha “Astana Arlans” jamoasi Moskvada Rossiyaning “Patriot Boxing Team” bokschilarini 3:2 hisobida mag'lub etgan edi.
Qozog'istonlik bokschilardan Ilyas Suleymenov (56 kg), Abilxan Amankulov (75 kg) va Anton Pinchuk (91 kg) raqiblarini mag'lubiyatga uchratishdi. Temirtas Jusupov (49 kg) va Dilmurat Mijidov (64 kg) esa mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar