17 fev 20:57
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uzbek Tigers" murabbiyi To'lqin Qilichev: "Jangga eng zo'r bokschilarimizni olib kelganmiz"
Ertangi jang oldidan "O'zbek yo'lbarslari" murabbiyi To'lqin Qilichev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz yana Qozog'istonga kelganimizdan xursandmiz. Bizni bu erda doimo iliq kutib oladilar. Bokschilarimiz ertangi janglarda o'zlarining eng yaxshi sifatlarini namoyish etishga harakat qiladilar. Ishonchim komil, janglar juda qiziq o'tadi. Biz eng zo'r bokschilarimiz bilan kelganmiz. Ammo, jang natijalarini oldindan aytish qiyin", - deydi To'lqin Qilichev.
Eslatib o'tamiz, janglar ertaga Toshkent vaqti bilan soat 17:20 da boshlanadi.
Havola :
Manba : WSB
Fikrlar