19 mar 17:14
Yangiliklar

"Uzbek Tigers" pley-offga chiqish imkoniyatlarini yaxshilab oldi (guruhdagi vaziyat)
Janggacha guruhda so'nggi o'rinda ketayotgan bokschilarimiz ushbu g'alabadan so'ng guruhda ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldilar. "O'zbek yo'lbarslari" hisobida ayni paytda 6 ochko mavjud.
Guruh peshqadami "Astana Arlans" bokschilari hisobida esa 12 ochko bor. Ular guruhdan chiqish masalasini muddatidan oldin hal qilishga muvaffaq bo'ldilar.
Vakillarimiz navbatdagi jangni 1 aprel kuni aynan qo'shnilarimizga qarshi o'tkazadilar. Ushbu jangda agar sportchilarimiz g'alaba qozona olsalar, pley-off yo'llanmasi deyarli naqd bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, keyingi bosqichga uchta guruhda birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar, shuningdek, eng yaxshi uchinchi o'rin sohiblari ham chiqadilar.
4 ta jangdan keyin guruhdagi vaziyat:
1. Astana Arlans - 12 ochko
2. Uzbek Tigers - 6 ochko
3. Patriot Boxing Team - 4 ochko
4. China Dragons - 3 ochko
Fikrlar