26 jan 13:07
Yangiliklar
Boks/MMA

"Uzbek Tigers" Termizda uch kun ichida ikkita jang o'tkazadi
"Uzbek Tigers" jamoasi butunjahon boks seriyasi (WSB)ning sakkizinchi mavsumida ham ishtirok etishidan xabaringiz bor.
Jamoamiz o'z janglarini "Amerika" guruhida o'tkazadi. Avvalroq, jamoaning janglari taqvimini elon qilgandik.
O'zbekiston boks federaciyasining olamsport.com saytiga malum qilishicha, jang sanalarida biroz o'zgarishlar yuzaga kelgan.
Yangi rejaga ko'ra, "Uzbek Tigers" 27 fevral kuni Kubaning "Cuba Domadores" jamoasiga qarshi, 1 mart kuni esa Kolumbiyaning "Colombia Heroicos" klubi bokschilariga qarshi jang o'tkazadi.
Ushbu janglarga Surxondaryo viloyatining Termiz shahri mezbonlik qiladi.
Malumot uchun, 27 fevral kungi jangda S1, 1 mart kuni esa S2 jamoamiz janglarda qatnashadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar