01 noy 14:30
Yangiliklar

Uzbek Tigers yarim finalga etib kelgan WSB turnirining yangi mavsumi fevralda boshlanadi
Bu haqda Xalqaro boks associaciyasi rasmiy saytida xabar berildi. Hisob bo'yicha ettinchi mavsumda 16ta jamoaning 4ta guruhga bo'lingan holda ishtirok etishi kutilmoqda.
SHu oyda qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. G'olib jamoa nomi 2017 yilning iyun oyida malum bo'ladi. Ushbu turnirda “O'zbek yo'lbarslari” jamoasi ham ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, Uzbek Tigers jamoasi o'tgan yili ilk marotaba turnirda ishtirok etgan va yarim finalga qadar etib kelgan edi. Kuba va Buyuk Britaniya jamoalari ishtirok etgan musobaqaning finali Toshkentda o'tkazilgandi.
Poytaxtimizdagi muhtasham “O'zbekiston” sport saroyi mezbonlik qilgan finalda “Cuba Domadores” jamoasi “British Lionhearts” bokschilarini 9:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Fikrlar