So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

02 dek 10:45
Yangiliklar

Boks/MMA

Uzoq kutilgan Uaylder - Fyuri jangi yakunlandi

AQSHning Los-Anjeles shahrida boks bo'yicha WBC yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Deontey Uaylder hamda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o'rtasida jang yakunlandi.


Hakamlar jangda durang qayd etilganini malum qilishdi!


Olamsport.com sayti jangdan matnli translyaciya olib bordi. 




JANG YAKUNLANDI. Hakamlar qarorini kutamiz!


So'nggi raundda Uaylder yana bir marotaba raqibini nokdaunga tushirdi. Ammo, Fyuri yana o'zida kuch topa oldi va jangni oxirigacha etkazib qo'ydi. 


O'n birinchi raund ham nihoyasiga etdi. Ammo, aniq ishonch bilan kimnidir g'alaba qozonadi deb ayta olmaymiz. 


O'ninchi raund yakunlandi. Yana ikki raund qoldi. 


To'qqizinchi raundda ilk nokdaun qayd etildi. Uaylder ketma-ket zarbalardan so'ng Fyurini nokduan holatiga tushirdi. Ammo, Tayson o'rnidan turdi va raundni yakuniga etkazib qo'ydi. 


Ettinchi raundni bokschilar faol o'tkazishdi. Uaylder seriya uyushtirdi, Fyuri esa o'zining bir necha aniq zarbalarini amalga oshirdi. 


Oltinchi raund ham yakunlandi. Qaysidir bokschini yaqqol ustunlikka erishmoqda demagan bo'lardik. 


Beshinchi raund. Fyuri nisbatan ko'proq zarba berishga urinmoqda. Ammo, zarbalarning barchasi ham etib borayotgani yo'q. Uaylder esa sifatga etibor qaratmoqda.


To'rtinchi raund katta ehtimol bilan Fyuri foydasiga hal bo'ldi. 


Uchinchi raundni ham Uaylder faol o'tkazdi.


Ikkinchi raund ham yakunlandi. Raund so'nggida Uaylder ustunlikka ega bo'ldi. 


Uaylder jang oldidan nisbatan favorit hisoblanayotgandi. Biroq, Fyuri bu shunchaki taxmin ekanligini isbotlamoqda. 


Birinchi raund odatga ko'ra tanishuv bilan boshlandi.


Jang boshlandi!


Har ikki bokschi ringga chiqib keldi. 


Britaniya va AQSH madhiyalari yangradi.


Los-Anjelesda boks bo'yicha WBC yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni Deontey Uaylder hamda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri o'rtasidagi jang start olmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

   
04 dek 09:39:00
Uzbekistan Boks MMA
Maynavozchilik Wilder Champion
   
02 dek 11:42:05
JasurBeK
Wilder yutgandi.. +2ta nokaunt. Bilmadim xakamlar qaysi jangni kordi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing