09 iyu 12:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Valdes WBO kamarini oltinchi marotaba himoya qildi
Professional boksning yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Oskar Valdes oltinchi himoya jangini o'tkazdi.
Valdes 24 yoshli davogar bokschi Jeyson Sanchesga qarshi ringga ko'tarildi. Amaldagi chempion beshinchi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi, lekin muvaffaqiyatini yakunlab qo'ya olmadi. Natijada 12 raundlik jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi.
Sanches hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra 117-110, 118-109, 118-109 hisobida g'alaba qozondi. 28 yoshli Valdes birinchi engil vaznda jang o'tkazish istagida ekanligini malum qildi. Uning promouteri Bob Arum esa Valdesning ikki vaznda sobiq jahon chempioni Karl Fremptonga qarshi ringga chiqishini aytib o'tdi. Karl yaqinda Top Rank va ESPN bilan shartnoma imzolagan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar