06 noy 09:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Valdes yaponiyalik bokschini muddatidan avval mag'lub etib, kamarini himoya qildi
Xabar berganimizdek, ayni daqiqalarda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks kechasi davom etmoqda.
Qiziqarli janglarning biri yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Oskar Valdes ishtirokida bo'lib o'tdi. Unda chempion kamarini yaponiyalik Xiroshige Osavadan himoya qildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jang kutilganidek, muddatidan avval yakunlandi. Valdes ettinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratdi va kamarini o'zida saqlab qoldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar