10 iyu 16:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Valentina SHevchenko o'tkazilmagan jang uchun 70 000 dollar gonorar oladi
Qirg'izistonlik Valentina SHevchenko UFC chempioni Amanda Nunesga qarshi o'tkazilmay qolgan jang uchun ham haq oladigan bo'ldi.
Ushbu chempionlik jangi 9 iyul kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC 213 turniri doirasida o'tkazilishi kerak edi. Lekin amaldagi chempion jang boshlanishiga bir necha soat qolganida shifoxonaga yotqazilgandi.
Jangning o'zi esa bekor qilingandi. SHunga qaramay, Valentina SHevchenkoga umumiy gonorarning 70 foizi to'lab beriladi. Qirg'izistonlik sportchi qiz o'tkazilmagan jang uchun 70 000 dollar gonorar oladi. Nunesga esa bir cent ham berilmaydi.
Havola :
Fikrlar