18 noy 11:05
Yangiliklar
Valeriy Karpin: “Albatta, bizni tanqid qilishadi”
"O'yin teng o'tmadi. Mutlaqo. Natija adolatli bo'lishi mumkin. Futbol sifati? Birinchi bo'lim menga yoqdi, ammo ikkinchi taymda nazorat kam bo'ldi, o'yin maydon markazisiz davom etdi. Ayniqsa, ikkinchi taymning dastlabki 20 daqiqasida. Keyin yana o'yin nazoratini qo'lga oldik. Vaziyatlarni ijobiy yakunlash uchun nima etishmayotganini bilmayman. Buni ko'rib chiqamiz.
Bu o'yindan keyin muxlislar bizni tanqid qilishadimi? Albatta, tanqid qilishadi! SHubhasiz! Yutmadik-ku, axir. Qirg'iziston bilan o'yinda bundan 10 marta yomon o'ynagandik, ammo g'alaba qozongandik. Bugun g'alabaga erishmadik, demak, hammasi yomon. Siz tanqidga tayyormisiz? Har doim tayyorman", – dedi Karpin.
Navbatdagi uchrashuvda Valeriy Karpin shogirdlari Toshkentda O'zbekiston bilan kuch sinashadi. O'yin 20 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.
Fikrlar