16 dek 16:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Vargas 13 oylik tanaffusdan so'ngi ringga qaytdi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jessi Vargas bir yilu bir oylik tanaffusdan so'ng yana prof ringda jang o'tkazdi.
Vargas AQSHning Kaliforniya shtati Lankaster shahrida o'tkazilgan boks kechasida Aaron Errerani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi. Uchchala hakam ham 100:89 hisobida g'alabani Jessiga taqdim etishdi.
Malumot uchun, Jessi Vargas bundan 13 oy avval Menni Pakyaoga qarshi ringga ko'tarilgan va raqibiga imkoniyatni boy berish barobarida WBO chempionlik kamarini ham filippinlikka topshirgandi.
Havola :
Fikrlar