25 jan 07:57
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/27416_220.jpg)
Vasiliy Lomachenko: “Pakyao bilan jang menga hech narsa bermaydi”
Professional bokschilar orasida qisqa muddatda jahon chempioni bo'lgan dunyoning birinchi charm qo'lqop ustasi Vasiliy Lomachenko afsonaviy Menni Pakyaoga qarshi o'tkazishi mumkin bo'lgan jangi unga hech qanday naf keltirmasligini aytdi.
Bir muddat avval ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBO chempioni Vasiliy Lomachenko (10-1, 8 KO) hamda sakkiz vaznda sobiq jahon chempioni afsonaviy Menni Pakyao (59-7-2, 38 KO) o'rtasida jang o'tkazilishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi.
“Pakyao mendan ikki vazn pastdagi divizionda ishtirok etadigan bokschi. SHunday ekan, filippinlik bokschiga qarshi kechishi mumkin bo'lgan jangdan menga hech qanday foyda yo'q. Menni mendan ko'ra Terens Krouford yoki o'zi mag'lub bo'lgan Jeff Xorn bilan jang qilsin”, – dedi Lomachenko.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar