14 mar 15:31
Yangiliklar
Boks/MMA

Vasiliy Lomachenko: Raqiblarimni nokautga uchratishdan rohat olaman
Engil vazn toifasida WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenko o'zining navbatdagi jangini 12 aprel kuni o'tkazadi.
Ukrainalik bokschi shu kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida Entoni Krollaga qarshi ringga ko'tariladi.
“Men hamisha janglardan rohat olaman, ayniqsa, raqiblarimni nokautga uchratganda. Lekin boshqa tomondan menga jangda qanday g'alaba qozonishning unchalik ham ahamiyati yo'q. Ringni boshimni tik tutgan holda chiqib ketsam bo'lgani”, - dedi Lomachenko.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar