25 dek 11:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Vasiliy Lomachenko Salidoga qarshi revansh jangini o'tkazadi
Professional boksning ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenko (7-1, 5 KO) keyingi raqibi kim bo'lishini oshkor qildi.
Professional boks tarixida eng tez jahon chempionligiga erishgan ukrainalik bokschi meksikalik Orlando Salido (43-13-4, 30 KO) bilan to'qnash keladi.
Dastlabki rejaga ko'ra jang 20 mart kuni AQSHning Las-Vegas yoki Los-Anjeles shaharlarining birida o'tkaziladi. Aynan mana shu shaharlarda meksikaliklar ko'pchilikni tashkil qiladi.
Malumot uchun, Lomachenko 2014 yilning 1 mart kuni o'zining professional boksdagi ikkinchi jangida aynan Salidoga qarshi ringga ko'tarilgandi. O'shanda meksikalik bokschi hakamlarning qaroriga ko'ra g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar