27 noy 16:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Vasiliy Lomachenko: “Vazn toifasidan qatiy nazar, dunyoning eng kuchli bokschisi bo'lmoqchiman”
Bizning vaqt bilan bugun tongda AQSHning Las-Vegas shahrida yamaykalik sobiq jahon chempioni Nikolas Uoltersni muddatidan avval mag'lub etgan Vasiliy Lomachenko o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Professional boksning birinchi engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni bo'lib turgan ukrainalik bokschi vazn toifasidan qatiy nazar dunyoning eng kuchli bokschisi bo'lishni maqsad qilgan.
“Men bor kuchimni dunyoning eng kuchli bokschisi bo'lishga safarbar qilaman. Bu borada vazn toifasining ahamiyati yo'q. Endi WBC yo'nalishi chempioni Fransisko Vargasga qarshi jang o'tkazishni istayman”, - dedi Lomachenko.
Havola :
Fikrlar