08 mar 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Vasiliy Lomachenko yarim engil vaznga qaytishga tayyor
Engil vazn toifasida WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenko rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Ukrainalik jahon chempioni yarim engil vazn toifasiga qaytishga tayyor ekanligini malum qildi.
“Asosiy maqsadim engil vazndagi barcha chempionlik kamarlarini o'zimda birlashtirish. Vaznimni ko'targanim - bu mening mutloq jahon chempioni bo'lish istagida ekanligimni anglatadi. Yarim o'rta vaznga qaytish niyatida emasman. Yoshim ham 20 emas, 31! O'zimni engil va yarim engil vaznda yaxshi xis qilyapman. Promouterlarimdan chempionlik janglarini kutyapman”, - dedi Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Vasiliy Lomachenko 12 aprel kuni AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida Entoni Krollaga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar