16 mar 07:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Vasiliy Lomachenkoning mutlaq chempionlik uchun jangi bekor bo'ladimi?
Engil vazn toifasida uchta yo'nalish bo'yicha jahon chempioni bo'lib turgan Vasiliy Lomachenko (14-1, 10 KO)ning jangi nomalum muddatga qoldirilishi mumkin.
Ukrainalik bokschi 30 may kuni AQSHda mutlaq jahon chempionligi uchun Teofimo Lopes (15-0, 12 KO)ga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi. Lekin koronavirus sabab ushbu jang ham boshqa muddatga ko'chiriladigan ko'rinadi.
Bu haqida taniqli insayder Mayk Koppinjer promouter Bob Arumning so'zlariga tayangan holda xabar berdi.
"Madison Square Garden arenasi jang uchun yaxshigina pul va kafolat bergan. Agar jang muxlislarsiz o'tadigan bo'lsa, arena mezbonlikdan voz kechadi", - deydi Koppinjer.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar