18 noy 19:47
Yangiliklar
Tadbirlar
Vatanimiz bayrog'i – faxrimiz, g'ururimiz FOTOGALEREYA
Bugun O'zbekiston davlat bayrog'i qabul qilingan kun. Ayni vaqtda poytaxtimizdagi “Xalqlar do'stligi” sanat saroyi oldidagi maydonda O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kunning 29 yilligiga bag'ishlangan “Vatanimiz bayrog'i – faxrimiz,g'ururimiz” mavzuidagi bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Respublika Manaviyat va marifat markazi,Toshkent shahar hokimligi, qator davlat va jamoat tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan tadbirda siyosat va madaniyat namoyondalari, yozuvchi va shoirlar, deputatlar, talaba-yoshlar, sanatkorlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Bayram dasturi avvalida madhiyamiz yangradi. Tadbirda so'zga chiqqanlar mustaqilligimiz, davlatimiz ramzlari, uning mazmun-mohiyati haqida so'zlashdi. Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar, rolik va sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Bayram karantin qoidalariga rioya etilgan holda o'tkazildi.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar