So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

21 okt 09:25
Yangiliklar

Tadbirlar

Vazirlikda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag'ishlab tadbir o'tkazildi

Teglar :  Til bayramiVazirlik
1989 yil 21 oktyabrda Davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi O'zbekiston uchun mustaqillik sari qo'yilgan dastlabki qadam bo'ldi.

Aynan shu tarixiy hujjatga binoan o'zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo'ldi.

Til insonlarning nafaqat o'zaro aloqa vositasi, balki manaviyati, marifati hamdir. O'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz, mustaqil davlatimiz timsolidir.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to'lishi munosabati bilan «Qadring baland bo'lsin, ona tilim!» shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi.

Mazkur tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri o'rinbosari Avazjon Karimov hamda vazirlik xodimlari ishtirok etdi.

Dastlab R.Irmatov Jismoniy tarbiya va sport vazirligining barcha xodimlarini O'zbek tili bayrami bilan samimiy tabrikladi. SHundan so'ng, tadbir ishtirokchilari ham o'zbek tili to'g'risida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Samimiy va ko'tarinki ruxda o'tkazilgan tadbirda «Davlat tilida ish yuritish» va besh tomdan iborat «O'zbek tilining izohli lug'ati» taqdimoti o'tkazildi. SHundan so'ng, bir guruh xodimlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing