06 mar 14:58
Yangiliklar
Velosport

Velopoygachilar bahsi qizg'in o'tmoqda
Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha erkaklar, ayollar va yoshlar o'rtasida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy V.Iskandarov xotirasiga bag'ishlangan Respublika ochiq turniri davom etmoqda.
Mazkur musobaqaning erkaklar o'rtasida 105 km. masofaga o'tgan guruh poygasida hamyurtimiz Nikita Svetkov marraga 2 soat 39 daqiqa, 15 soniyada kirib kelgan bo'lsa, yoshlar orasida ushbu masofaga o'tgan poygada Kirill CHjan (Qozog'iston) g'olib bo'ldi.
Darvoqe, Nikita Svetkov 115 km. masofada tashkil etilgan guruh poygalarida ham barcha raqiblarini ortda qoldirib, marraga birinchi bo'lib etib keldi.
Ayollar va yosh qizlar toifasidagi 61 kg. masofada o'tishi belgilangan guruh poygasida Faina Potapova (Qozog'iston) va Nozima Egamberdievaga (Jizzax) teng keladigani topilmadi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar