So’nggi yangiliklar

14:48"Реал" 19 ёшли футболчи учун 100 млн евро тўлашга тайёр 0 14:16Рамазон Темиров ва Богдан Гусков face-to-face маросимида (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 13:55Шоҳасан, Ҳумоюн Тўхтамуродов ва Жасур "Тайсон" бугун Octagon 89 турнирида жанг қилади 0 13:30Аичи-Нагоя-2026: Чим устида хоккей жамоаларимиз рақибларини билиб олишди 0 13:05Шоҳжахон Эргашев, Одилхон ва бошқа юлдузлар. All Stars турнири олдидан ўтказилган face to face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:41Испания терма жамоаси ЖЧ-2026даги ғалабаси учун АҚШга катта миқдорда солиқ тўлайди — Fox News 0 12:20Биз кутган кун келди! Бугун икки марказий жанги ҳамюртларимиз иштирокида ўтадиган UFC Abu-Dhabi турнири бўлиб ўтади! (Барча тафсилотлар) 0 11:47Таэквондо бўйича Лондон-2012 Олимпиадаси совриндори яна UFC билан шартнома имзолади 0 11:06Богдан Гусков: "Мен Анкалаевга мухлислик қилганман" 0 10:29Романо Возиньянинг янги клуби номини маълум қилди 0 09:50Фьюри Паттайядаги бокс оқшомида Вахни техник нокаут эвазига мағлуб этди 0 09:02Ёш синхрон сузувчиларимиз Осиё чемпионатини сермаҳсул ўтказишмоқда 0 19:26Тўрабек Хабибуллаев ҳам Арманистондаги турнир финалига йўл олди 0 18:40Марк ван Боммел Бельгия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди 0 18:04FIDE президенти Европа Иттифоқи санкцияларига тушди ва ваколатларини вақтинча тўхтатди 0

13 jan 09:54
Yangiliklar

Velosport

Velosport. "Tashkent City" klubi Avstraliyadagi "Tour Down Under" Jahon kubogi bosqichining ilk raundini qanday o'tkazdi? (To'liq natijalar)

Kecha Avstraliyaning Adelaida shahrida velosport bo'yicha "UCI World Women's Tour" Jahon kubogi doirasida "Santos Tour Down Under 2024" musobaqasi start oldi.

Ayollar o'rtasidagi bellashuvlarda dunyoning eng kuchli 16 ta jamoasi ishtirok etmoqda. Quvonarlisi, ushbu 16 ta jamoa orasida O'zbekistonning "Tashkent City" klubi ham bor.

Sportchilar musobaqaning ilk kuni va ilk bosqichi doirasida Handorfdan Kempbelltaungacha bo'lgan 93,9 km masofani bosib o'tdi.

Musobaqada Avstraliyaning "AG Insurance - Soudal Team" klubi azosi Alli Uollaston 2 soat, 32 daqiqa va 27 soniya bilan g'alaba qozondi. Ikkinchi o'rin esa kengurular yurtining boshqa bir klubi - "Liv Alula Jayco" azosi, marraga Uollastondan ikki daqiqa kech kelgan Jorjiya Beykerga nasib etdi. Alli Uollastondan 6 daqiqa fark bilan marraga kelgan BAAning "UAE Team ADQ" jamoasi azosi, asli italiyalik Sofiya Bertizolla musobaqaning ilk bosqichida uchinchi natijani qayd etdi.

Bahslarda ishtirok etgan hamyurtlarimizdan Yanina Kuskova, Olga Zabelinskaya va Margarita Misyurina marraga g'olibdan 10 daqiqa kech etib keldi. 

"Tashkent City" klubi vakillarining "Tour Down Under" Jahon kubogi bosqichining ilk raundida qayd etgan natijalari:

36. Yanina Kuskova (2 soat, 42 daqiqa)

38. Olga Zabelinskaya (2 soat, 42 daqiqa)

48. Margarita Misyurina (2 soat, 42 daqiqa)

67. Madina Qahhorova (2 soat, 52 daqiqa)

89. Nafosat Qozieva (3 soat, 40 daqiqa)

93. Sofiya Karimova (3 soat, 42 daqiqa).

"Yosh velosportchi" klassifikaciyasida hamyurtimiz Margarita Misyurina 9-natijani qayd etdi. Jamoaviy reytingda esa "Tashkent City" klubi ilk bosqichda 11-o'rinni band etdi.

Bugun musobaqaning ikkinchi bosqichi doirasida sportchilar Glenelg shahridan Stirlinggacha 104,2 km masofada bahs olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing