So’nggi yangiliklar

11:40Жаҳонгир Зокиров "Zuffa"даги жанги учун Ар-Риёдга етиб борди 0 11:09Ўзбекистон – Саудия Арабистони учрашуви учун чипталар нархи маълум бўлди 0 10:38"Қўллар қичишяпти". Нурмагомедов жанг ўтказиш истагини билдирди 0 10:07Самбо бўйича юбилей 50-Жаҳон чемпионатининг сўнгги кун беллашувларидан ёрқин ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:36Ёшлар Олимпиадаси. Боксчимиз кореялик рақибасини техник нокаутга учратди + ФОТО 0 09:05А Серия. Етакчилар баҳсида "Интер"нинг қўли баланд келди + ВИДЕО 0 08:34Бугун Дана Уайт Дональд Трамп билан Оқ уйдаги лавозим ҳақида гаплашади 0 08:03UFC 335 турнири битта жангини йўқотди 0 07:32ММАчиларимиз IMMAF жаҳон чемпионатида 8 та медаль қўлга киритишди 0 07:01"Барселона" Ферминнинг дубли эвазига Мадридда "Атлетико"ни мағлуб этди 0 23:05Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатини Топ-3`да якунлашди 0 22:34"5 ҳафта!". Бивол Каллум Смитга қарши жанг олдидан бугунги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 22:03Усман UFC’нинг ўта енгил вазндаги буюк жангчисини айтди. Бу Ян эмас! 0 21:32"Челси" аутсайдерга ютқазди, "Ливерпуль" меҳмонда ғалабага эришди ва бошқа натижалар 0 20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0

23 mar 08:21
Yangiliklar

Velosport

Velosport: trek yo'nalishida O'zbekiston chempionligi kimlarga nasib etdi?

Teglar :  Velosport
4 kun davomida Toshkentda velosportning trek yo'nalishi bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkazildi.

 Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishdi.

 CHempionatda ilk bor para-velosportchilarning ishtirok etishi haqiqatda tarixiy voqeaga aylandi. Bu esa mamlakatimizda aholining har bir qatlamiga sport bilan shug'ullanish imkoniyati yaratilganidan darak beradi. Musobaqa natijalariga ko'ra, kelgusida sportchilar saralab olinib, O'zbekiston milliy paralimpiya associaciyasi bilan hamkorlikda Parij-2024 Paralimpiya o'yinlari yo'llanmalari uchun kurash olib borishi ko'zda tutilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, Milliy paralimpiya associaciyasi, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi, Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha respublika oliy sport mahorati maktabi hamda qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan mazkur chempionatda bugun final bosqichi bo'lib o'tdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, erkaklar o'rtasida Danil Evdokimov, Aleksey Fomovskiy, ayollar o'rtasida esa Yanina Kuskova hamda Margarita Misyurina O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi.

SHuningdek, Anna Kulikova, Yanina Kuskova hamda Nikita Stenkovoy sport ustasi talabini ham bajarishdi.

CHempionat g'oliblari va musobaqada yuqori natijalarni qayd etgan barcha velosportchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing