So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0

10 avg 14:42
Yangiliklar

Velosport

Velosportchilarimiz jahon chempionatida qanday ishtirok etmoqda?

Teglar :  Velosport
Malum qilinganidek, ayni kunlarda SHotlandiyaning Glazgo shahrida velosportning shosse va trek yo'nalishlari bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Kecha trek ustalari o'z chiqishlarini yakunlashdi.

Mazkur yo'nalishda Margarita Misyurina hamda Nafosat Kozieva yurtimiz sharafini himoya qilishdi. Kozieva ochkolar poygasida 14, “elimination” dasturida esa 18-natijani qayd etdi. Har ikki sportchimiz juftlikda madison dasturida medallar uchun kurash olib borishdi. Biroq bellashuv davomida omadsizlik sabab finishga etib kela olishmadi.

SHotlandiya trassalari bo'ylab ketayotgan shossedagi poygalar ham qizg'in tus olmoqda. Dmitriy Bocharov, Aleksey Fomovskiy, Murodjon Xolmurodov, Sofiya Karimova, Yanina Kuskova hamda Olga Zabelinskaya aralash jamoaviy dasturda qatnashdilar. Mazkur yo'nalishda sportchilarimiz 13-natijani qayd etishdi.

Erkaklar o'rtasida 271.1 km masofaga kechgan guruh poygasi bahsi sportchilarning irodasini yana bir bor sinab berdi. Unda 195 nafar atlet startga chiqdi. 6 soatdan oshiq davom etgan poygada 51 nafar ishtirokchigina finishga etib kela oldi. Afsuski, Murodjon Xolmurodov poyga davomida kurashdan chiqdi.

13-avgust kuni kechadigan ayollar o'rtasidagi guruh poygasida Olga Zabelinskaya va boshqa vakillarimiz ham ishtirok etishi kutilmoqda. Hamyurtlarimiz 154.1 km masofaga mo'ljallangan ushbu poygada medallar qatori Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmasi uchun startga chiqishadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing