14 fev 07:50
Yangiliklar
Velosport
Velosportchilarimiz Turkiya yig'inida
Velosport bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Turkiyaning Alaniya shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishmoqda.
Sportchilar murabbiylar shtabi belgilab bergan turnirlar orqali trek va shosse yo'nalishlarida tayyorgarlik olib borishyapti.
Terma jamoa azolarining bazilari joriy oyning yakunida Qozon shahrida o'tadigan “Kelajak o'yinlari” musobaqasida ishtirok etsa, qolgan sportchilar boshqa xalqaro turnirlarga jalb etilgan. Qayd etish joiz, sportchilar ushbu yig'in doirasida bir qator startlarda o'z omadini sinab ko'rib, sovrinli o'rinlarni egallashmoqda.
Alaniya yig'ini 4 martgacha davom etadi va unga jami 21 nafar sportchi chaqirilgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar