22 iyu 08:39
Yangiliklar
Vengriyalik mashhur velosayyoh Olimpiya shaharchasida bo'ldi
Tashrif davomida u O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri o'rinbosari SHaxrillo Mahmudov shuningek, O'zbekiston velosport federaciyasi rahbariyati bilan uchrashib, mamlakatimizda sport, xususan, velosportni rivojlantirish va ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
SHuningdek, Yojef Zeley Olimpiya shaharchasidagi zamonaviy velodrom, sport inshootlari va sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, ularga yuqori baho berdi.
Malumot uchun: 1963 yilda tug'ilgan Yojef Zeley 2004 yildan buyon besh qita bo'ylab qariyb 100 ming kilometr masofani velosipedda bosib o'tgan. Uning uchinchi Osiyo veloturi 2025 yil 29 iyunda Afinadan boshlangan bo'lib, safar davomida Osiyoning bir qator davlatlari, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlariga ham tashrif buyurishi rejalashtirilgan.










Fikrlar