22 jan 19:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Vetnamda tashkil etilgan professional boks oqshomida uch nafar hamyurtimiz g'alabaga erishdi
Vetnamning Hoshimin shahrida professional boks kechasi tashkil qilindi.
Unda 3 nafar bokchimiz - Abdurasul Ismoilov, Ravshanbek SHermatov va Husniddin Po'latovlar ringga ko'tarildi.
Engil vazn toifasidagi yurtdoshimiz Ravshanbek SHermatov indoneziyalik Valdo Sabuga qarshi 6 raundlik jang o'tkazdi va ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
O'rta engil vazn toifasida ringga ko'tarilgan Abdurasul Ismoilov filippinlik Jamie Barselona bilan jang qildi va 7-raundda g'alabaga erishdi.
Kechaning markaziy jangi Husniddin Po'latov ishtirokida bo'ldi. Unda Husniddin WBA ASIA kamarini himoya qildi. U filippinlik Rodel Vencheslaoga qarshi 12 raundlik jang o'tkazdi va yakunda ochkolar hisobiga g'alaba qozondi. SHu tariqa, u o'z kamarini saqlab qoldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar