01 sen 14:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Veyli Jang: Sexudo Tailandga borib jinsini almashtirsa, u bilan jang qilishga tayyorman!
Kecha xitoylik aralash qoidalar jangchisi Veyli Jang engil vazn toifasida UFC chempioni Jesika Andradeni shov-shuvli tarzda nokautga uchratgandi.
Bu bilan u yangi jahon chempioniga aylangan edi. Jang jangdan keyingi matbuot anjumanida savollarga javob berar ekan, ayol jahon chempionlarini oktagonga chorlayotgan ikki vaznda UFC chempioni Genri Sexudoga ham to'xtalib o'tdi.
“Ha, men u bilan jang qila olaman. Lekin avval Sexudo Tailandga borib, jarrohlik yo'li bilan jinsini almashtirib kelishi shart. SHunda men uni ayollar divizionidagi jangda kutaman”, - dedi Veyli Jang.
Havola :
Fikrlar