22 apr 18:01
Yangiliklar
Futbol
"Vinisius "Real"da qolishini istayman, muxlislar uni yaxshi ko'rishadi" - Alvaro Arbeloa
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa yulduzi Vinisius Junior bilan shartnomani uzaytirish borasidagi savollarga javob berdi.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchining amaldagi kelishuvi 2027 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan.
Taniqli insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, Arbeloa vingerning klubda qolishi tarafdori:
"Vinisius bilan shartnomani uzaytirish? Uning shu erda, "Real"da qolishiga umid qilaman va buni juda xohlayman. Muxlislar uni yaxshi ko'rishadi", — dedi murabbiy.
Malumot uchun, "Transfermarkt" portali 25 yoshli hujumchining bozor qiymatini 150 million evroga baholagan. Joriy mavsumda Vinisius "qirollik klubi" safida barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Manba : Fabrizio Romano
Fikrlar