10 mar 10:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Vitaliy Klichko AQSHni Bivolni mamlakatga kiritmaslikka chaqirdi
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni, ayni paytda Kiev shahri meri Vitaliy Klichko AQSH hukumatiga murojaat qildi.
Klichko AQSH hukumatidan rossiyalik WBA chempioni Dmitriy Bivolni meksikalik mutlaq jahon chempioni Saul Alvaresga qarshi kechadigan jang uchun mamlakat hududiga kiritmaslikni so'ramoqda.
"Bu bir sportchiga qaratilgan akciya emas. Butun dunyo Rossiya uchun qarshi chiqishi va bosim o'tkazishi kerak. Rossiyalik bokschilar va shu jumladan Bivol ham AQSH hududida jang o'tkazmasligi kerak", — dedi Klichko.
Eslatib o'tamiz, Bivol - Alvares jangi 7 may kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar