16 dek 13:13
Yangiliklar
![](/upload/storage/24856_220.jpg)
Vitaliy Klichko ECHLda qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytdi
Takidlash joiz, CHempionlar ligasining final uchrashuvi kelasi yili aynan Kiev shahrida bo'lib o'tadi. Klichko “SHaxtyor”ga muxlislik qilishi va bo'lajak finalda donecklik futbolchilarni ko'rish istagini borligini malum qildi.
“Kievdagi finalga qaysi jamoa chiqishidan qatiy nazar, o'yinning tashkiliy masalalari yuqori saviyada bo'ladi. Eng nufuzli turnirning final o'yinini aynan bizga ishonib topshirishganidan xursand bo'ldik. “SHaxtyor”da finalda o'ynash imkoniyati bor.
Qolaversa, “Bavariya” hamda Evropa ligasida o'ynayotgan “Milan” klublariga ham muxlislik qilaman. Bu ikki jamoa tarkibida juda ham ko'p do'stlarim to'p tepishadi. Eng yaxshi futbolchi? Bu shubhasiz, Andrey SHevchenko”, – dedi Klichko.
Eslatib o'tamiz, “SHaxtyor” ECHLning 1/8 final bosqichida Rimning “Roma” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar