23 apr 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Vitaliy Klichko: Ukam meni deb Joshuaga yutqazgan
Kiev shahri meri, boks afsonasi Vitaliy Klichko kechikib bo'lsa-da, bir haqiqatni tan oldi.
To'ng'ich Klichko o'zini ukasining Joshuaga mag'lub bo'lishiga asosiy aybdor deb biladi.
"Joshua ukamgacha ko'plab bokschilar bilan jang qilgan, lekin raqiblarining aksariyati kuchsiz bo'lgan. Joshua Vladimirni nokdaun qilgunga qadar, jangda to'liq ukam ustunlikka ega edi. U g'alabasiga ishonchi komil edi.
Vladimir Joshuani nokaut qilishi aniq edi, ammo men unga shoshilmasligini va bu ishni keyinroqqa qoldirishini aytgandim. Kutilmaganda Joshua jangning ikkinchi yarmida burilish yasashga erishdi va ukamni nokaut qildi.
SHu sababli ham Vladimirning Joshuaga mag'lubiyatiga asosiy aybdor menman, deb o'zimni bemalol ayta olaman", - dedi Vitaliy Klichko.
Havola :
Fikrlar