So’nggi yangiliklar

18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0

11 apr 15:53
Yangiliklar

Boks/MMA

Vitaliy Klichko ukasi haqida: "Hozir u zo'r sport formada"

Ukrainalik afsonaviy bokschi Vitaliy Klichko ukasi Vladimirning ringga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.

"O'ylashimcha, u hech kimga nimanidir isbotlashi shartmas. U boks tarixiga eng kuchli bokschi sifatida kirgan. Faoliyatini qayta tiklash masalasini faqatgina o'zi hal qiladi. Lekin, hayotda asosiysi pul emas, balki sog'liq ekanligini unutmasligi lozim. Vladimir qanday qaror qabul qilsa ham, men uni doimgidek qo'llab turaman".

"Ukangiz pul uchun qaytmoqdami?" degan savolga Klichkolarning kattasi quyidagicha javob qaytardi:

"O'ylashimcha Vladimirga pul muhim emas, sababi u faoliyati davomida ko'p pul ishlab topdi. Faoliyatini yakunlaganidan so'ng ham biznesda yaxshi faoliyat olib bormoqda".


SHuningdek, Vitaliy DAZN Vladimirga shartnoma taklif qilgandan so'ng nima haqida gaplashganini ham aytdi.

"DAZN Vladimirga 40 million dollarlik shartnoma taklif qilganidan so'ng men unga qo'ngiroq qildim. O'shanda ukam bu shartnoma menga umuman qiziq emas degandi. Keyin DAZN 80 millionlik shartnoma taklif qilganda yana gaplashdik. Bu taklif ham qiziq emas, balki 100 millionlik shartnoma taklif qilishsa o'ylab ko'rardim degandi".


Vitaliy Klichko ukasining hozirgi sport formasi haqida ham fikr bildirdi.

"Agar u futbolkasini echsa, siz uning qanday ajoyib formada ekanligini ko'rasiz. U har kuni mashg'ulot o'tkazadi. Ajablanarli ko'rinishi mumkin, lekin u ajoyib jismoniy holatini saqlab qolgan", - dedi katta Klichko.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing