14 dek 17:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko boksga qaytmoqchimi?
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn bokschining ehtimoliy raqiblari haqida gapirib o'tdi.
U shuningdek ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoning boksga qaytishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Ayni paytda Uaylderga qarshi jangni istaymiz. Ammo, navbatdagi raqib Tayson Fyuri yoki Uayt - CHisora jangi g'olibi bo'lishi mumkin. Yoki Aleksandr Usik va Jarrell Miller varianti ham bor. Barcha o'yinda qatnashmoqda.
Klichko bilan revansh? Vladimir qaytishni istamoqda. U Entoniga "Men qaytishni istayman. Diviziondagi barchani mag'lub eta olaman" deb xabar yozgan degan fikrdaman", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar