18 avg 08:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko Fyuri va uning jamoasini sudga beradi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichko (64-4, 53 KO) ikki vazn toifasida chempionlik kamarlari sohibi bo'lib turgan britaniyalik Tayson Fyuri (25-0, 18 KO) hamda uning jamoasini sudga beradi.
Gan shundaki, Fyuri va uning jamoasi 29 oktyabr kuniga belgilangan revansh jangi sanasini yana o'zgartirishga urinyapti. Aslida bu jang aprel oyida o'tkazilishi kerak edi. Lekin Tayson jarohat olishi natijasida jang muddati o'zgartirildi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning noyabr oyida britaniyalik bokschi nomdor raqibini mag'lubiyatga uchratib, unga tegishli bo'lgan barcha chempionlik kamarlarini tortib olgan edi.
Havola :
Fikrlar