26 mar 19:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko tug'ilgan kunini AQSHda nishonladi
Xabar berganimizdek, kecha ukrainalik boks afsonasi Vladimir Klichko 43 yoshga to'ldi.
Klichkolarning kichigi o'z tavallud kunini Kievda emas, balki AQSHning Texas shahrida nishonladi. Ayni paytda Klichko Texasda pilot bo'lish orzusini amalga oshirish istagida kvalifikaciyasini oshirmoqda.
“Vladimir nafaqat kuchli bokschi, balki oilaparvar ota, omadli tadbirkor va ajoyib muallim. U universitetlarda talabalarga lekciya o'qiydi va ularning hayotga bo'lgan qiziqish hamda intilishlarini oshiradi. Ukam bu safar tug'ilgan kunini Texasda nishonlashga qaror qildi”, - deya o'zining Facebook sahifasida xabar qoldirgan Vitaliy Klichko.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar