01 may 09:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko yana ringga qaytishga shama qildi
Boks bo'yicha superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko yana ringga qaytishga shama qildi.
"Men 2017 yilning 29 aprel kuni kamarni qo'lga kirita olmagan bo'lsamda, hozircha o'sha kun mening uzoq yillik bokschilik faoliyatim davomidagi eng yaxshilaridan biri bo'lib turibdi. Men uchun ideal raqib va yana chempion bo'lish istagini paydo qilgani uchun Entoni Joshuaga rahmat", - deb xabar qoldirdi Klichko ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Qayd etish lozimki, uning ushbu tvitidagi "hozircha" jumlasi Klichko yana boksga qaytishi mumkinligidan darak berib turibdi.
So'ngi paytlarda OAVda ukrainalik bokschining boksga qaytishi haqida xabarlar uchramoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar