04 fev 11:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko yana ringga qaytishiga shama qildi FOTO
Ukrainalik boks afsonasi Vladimir Klichko yana bir bor professional boksga qaytishi mumkinligiga shama qildi.
Klichkolarning kichigi afsonaviy bokschi Jorj Formanning Tvitterda 45 yoshimda ajoyib sport formasida edim, deb yozgan xabarini RT qilgan.
“1994 yilda 45 yosh edim. O'shanda men faoliyatimning eng gullagan davri, kuchga to'lgan payti edi. Mashg'ulotlarimda rohatlanar, istalgan raqib bilan jang qilishga tayyor edim”, - deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgandi Forman.
Aynan mana shu xabarni Klichko o'zining sahifasi boshqalarga ham ulashgan. Bu esa uning faoliyatini qayta tiklashi mumkinligidan darak bermoqda.
Havola :
Fikrlar