22 apr 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA
Vladimir Putin Petr Yan va Murat Gassievni taqdirladi
Rossiya Federaciyasi Prezidenti Vladimir Putin jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qo'shgan xissasi uchun ikki rus sportchisini mukofotladi.
Vladimir Putin eng engil vazn toifasida UFC chempioni 33 yoshli Pyotr Yan hamda superog'ir vaznda WBA Regular chempioni Murat Gassievni II darajali "Vatanga xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlash bo'yicha Farmonga imzo chekdi. Bu haqdagi Farmon Rossiya Prezidentining rasmiy saytida elon qilindi.
Malumot uchun, Pyotr Yan 2014 yilda professional aralash yakkakurash jangchisi sifatida debyut qilgan. Rossiyalik sportchining rekordida 20 g'alaba (8 tasi muddatidan oldin) va beshta mag'lubiyat bor.
Murat Gassievning professional boksdagi rekordida 33 ta g'alaba (26 tasi nokaut bilan) 2 ta mag'lubiyat bor. Gassiev professional debyutini 2011 yil sentyabr oyida o'tkazgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar