21 iyu 10:52
Yangiliklar
Voleybol bo'yicha o'smirlar o'rtasida Markaziy Osiyo chempionati yakunlandi
Musobaqaning qizlar o'rtasidagi final bellashuvida hamyurtlarimiz qozog'istonlik tengqurlariga qarshi bahs olib borishdi. Qiziqarli kechgan o'yin qo'shnilarimizning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
SHu tariqa, qizlar o'rtasidagi bellashuvlarda Qozog'iston jamoasi birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin O'zbekiston-1 jamoasiga nasib etgan bo'lsa, yarim finalda imkoniyatni boy bergan O'zbekiston-2 qizlari bronza medallari bilan taqdirlanishdi.
Yigitlar o'rtasidagi finalda Pokistonni 3:2 hisobida dog'da qoldirgan Eron chempionlikni tantana qildi. Bo'lajak chempionlarga yarim finalda imkoniyatni boy bergan yigitlarimizga bronza medallari topshirildi.
Toshkentda voleybol musobaqalari davom etadi. Endi 22-29 iyul kunlari poytaxtimiz 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Fikrlar