So’nggi yangiliklar

20:31MMA оламининг Макгрегор - Холлоуэй жангига муносабати: "Конор Конорни мағлуб этди" 0 19:53Фабио Каннаваро Ўзбекистон миллий терма жамоасидаги фаолиятини давом эттирадими? 0 19:05Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг UFC 329 турнирдаги мағлубиятини изоҳлади 0 18:39Макс Холлоуэй Макгрегор билан жанг вақтида реваншни тўхтатишни сўраган экан 0 18:14"Мени устимдан куляпсизларми?" Дана Уайт UFC 329 даги ноқулай ҳолатга изоҳ берди 0 17:47Инфантино Жаҳон чемпионати иштирокчиларини янада кўпайтириш эҳтимолини истисно қилмади 0 17:17Макс Холлоуэй UFC тарихида бундай натижани қайд этган 20-спортчига айланди 0 16:43UFC ҳавас қиладиган кардни жамлаган RAF турнирининг барча натижалари 0 16:16Макгрегор тилга кирди ва ғалати мағлубияти сабабини айтди 0 15:48Рафинья “Ал Ҳилол”га йўл оладими? 0 15:15Жастин Гэтжи фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:49Конор сўнгги бешта жангида тўртинчи марта мағлуб бўлди 0 14:13Жонбиби Ҳукмова Осиё чемпионатида иккинчи олтин медалини қўлга киритди 0 13:46Месси реферига эътироз билдирди: "Ҳурматсизлик қилманг!” 0 13:18Ярим финалга энг кўп қайси давлат терма жамоаси боксчилари етиб келди? 0

29 okt 12:07
Yangiliklar

Voleybol

Voleybol. Yoshlar o'rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati mutasaddilar nigohida

Ayni kunlarda Namangan shahrida voleybol bo'yicha 19 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Musobaqani tomosha qilish uchun kelgan mintaqamiz konfederaciyasi prezidenti Muhammad Latif boshchiligidagi mutasaddilar yurtimizda mehmon bo'lib turishibdi.

Namanganda xizmat safarida bo'lib turgan MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov bugun musobaqa mehmonlari bilan uchrashib, mamlakatimizda voleybolni yanada rivojlantirish borasida suhbat uyushtirishdi. 

O'z navbatida, Muhammad Latif mamlakatimiz voleyboli so'nggi yillarda rivojlanishning yangi bosqichini o'tkazayotgani, turli yosh toifalaridagi jamoalarimizning o'sganini alohida takidlab, bu borada qilinayotgan ishlarga ijobiy baho berdi. 

SHuningdek, mehmon yurtimizda voleybolni rivojlantirish yo'lida xalqaro mutaxassislarni jalb qilish va federaciyamizning rejalarini hamkorlikda muhokama qilib, unga kerakli tavsiyalarni berishini aytib o'tdi.

Qayd etish joiz, Toshkentda kelasi yilning iyun oyida 17 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Mutasaddilar suhbat davomida ushbu turnirni ham yuqori saviyada o'tkazish masalalari bo'yicha fikr almashishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing