12 iyu 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovski - Xollouey o'rtasidagi revansh yakunlandi
Hozirgina, Abu-Dabining Janglar orolida UFC 251 kechasidan o'rin olgan ikkinchi chempionlik jangi yakunlandi.
Yarim engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Aleks Volkanovski sobiq chempion Maks Xolloueyga qarshi revansh jangida oktagonga ko'tarildi. Jangchilar o'rtasidagi revansh jangi ham birinchisi bo'lgani singari to'liq davom etdi va hakamlar qarori bilan Volkanovski g'alaba qozondi. SHu tariqa, avstraliyalik sportchi birinchi jangda bo'lgani singari ikkinchi bahsda ham raqibini taslim etishni uddaladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar